Mijozlaringiz bilan ishlashni
avtomatlashtiring

Instagram va Facebook target reklamadan kelgan har bir mijozni qo'ldan boy bermang. Sklad, sotuvlar va jamoangizni bir tizimda boshqaring — Telegram bot orqali tez aloqa.

30 kun bepul · barcha imkoniyatlar
Karta talab qilinmaydi
3 daqiqada ishga tushadi
leadflowup.uz/dashboard
Lead Flow UP
Asosiy
Dashboard
Mijozlar
Mahsulotlar
Boshqa
Sahifalar
Sklad
Hisobotlar
Bosh sahifa
Bugun · 28 aprel
Bugungi mijozlar
47
+12% kecha
Bugungi daromad
5 870 000
+18% kecha
So'nggi mijozlar
Hammasini ko'rish
AK
Aziza Karimova
Klassik palto · 1 490 000 so'm
14:25
Yangi
JT
Javohir Toshev
Smart soat · 890 000 so'm
13:52
Jarayonda
MY
Madina Yusupova
Klassik palto · 1 490 000 so'm
11:30
Yopildi

Biznesingiz uchun haqiqiy yordamchi

Mijozlarni qo'lda yozib o'tirmang, sklad nazoratdan chiqmasin, savdo to'xtamasin — barchasini Lead Flow UP siz uchun bajaradi.

Bironta mijozni boy bermang
Target reklamadan kelgan har bir mijoz to'g'ridan-to'g'ri tizimga tushadi. Aloqa qilish vaqti, holati va manzili — hammasi bir joyda saqlanadi.
Sklad har doim hisobda
Sotuv tasdiqlangan zahoti zaxira o'zi kamayadi, bekor qilinsa qaytariladi. Mahsulot tugayotganda ogohlantirish keladi — tovar ortda qolmaydi.
Telegramda barchasi nazoratda
Operator, yetkazuvchi va siz uchun alohida chatlar. Yangi buyurtma kelgani, tayyorlangani — barchasi Telegram orqali tezkor xabar bilan keladi.
Sotuvchi sahifa 5 daqiqada
Reklamangiz uchun chiroyli landing sahifani tayyor shablondan tanlang. Mahsulot rasmi va matni — bo'ldi. Dasturchi yollash shart emas.
Biznes raqamlarda ko'rinadi
Daromad, konversiya, eng ko'p sotilgan mahsulotlar — barchasini bir qarashda ko'rasiz. Bugundan to bir yilgacha — istalgan davr.
Jamoangiz qulay ishlaydi
Operatorlaringizga aniq ruxsat bering — kim nima ko'radi va nima qila oladi. Har bir xodim faqat o'z vazifalari bilan shug'ullanadi.

Chiroyli landing —
5 daqiqada tayyor

Tayyor shablonlar bilan o'zingizning mahsulot sahifangizni yarating. Reklamadan kelgan mijozlar buyurtma berishi uchun chiroyli, mobil-do'stona sahifa.

Mobil-do'stona dizayn
Telefondan ham, kompyuterdan ham bir xil chiroyli ko'rinadi.
Tayyor shablonlar
6 dan ortiq professional shablon — kiyim, elektronika, kosmetika va boshqalar.
Avtomatik lead yaratish
Mijoz formani to'ldirsa — buyurtma to'g'ridan-to'g'ri tizimga tushadi.
Tezkor yuklanish
Mobil tarmoqda ham 1 sekundda ochiladi — mijoz kutib o'tirmaydi.
9:41
ModaVista
Klassik kashmir palto
Italiya dizayni · Premium sifat
👗
★★★★★4.9 · 234 sharh
1 490 000 UZS
1 990 000 UZS
Buyurtma berish
Bepul yetkazib berish
9:41
ModaVista
Buyurtma ma'lumotlari
Telefoningizga qo'ng'iroq qilamiz
Aziza Karimova
+998 90 123 45 67
Manzilingiz
Buyurtma berish
100% xavfsiz · ma'lumot saqlanadi
9:41
Buyurtma qabul qilindi!
Operator 5 daqiqa ichida siz bilan bog'lanadi
MahsulotKlassik palto
Narx1 490 000
HolatTasdiqlandi

To'rt qadamda boshlang

Murakkab sozlovlar, dasturchi yollash, uzoq o'rganish — bularning hech biri kerak emas.

1
Ro'yxatdan o'ting
3 daqiqada hisobingizni yarating va do'koningizni sozlang.
2
Sahifa yarating
Mahsulotingiz uchun chiroyli landing sahifani tayyor shablondan tanlang.
3
Reklamani ulang
Instagram yoki Facebook target reklamada landing havolangizni qo'ying.
4
Sotuvni boshlang
Mijozlar avtomatik tushadi, operator aloqa qiladi va savdo amalga oshadi.
300
Faol biznes
50 000
Qabul qilingan mijoz
52%
O'rtacha konversiya
3 daqiqa
Ishga tushirish vaqti

Sodda va aniq narxlar

Biznesingiz hajmiga mos tarifni tanlang. Yashirin to'lovlar yo'q — xohlagan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Yangi hamkorlar uchun 30 kun bepul
Pro tarifning barcha imkoniyatlari · karta talab qilinmaydi · cheklov yo'q
Starter
79 000UZS / oyiga
Kichik biznes uchun ideal tanlov
  • 5 000 ta mijoz
  • 5 ta operator
  • 5 ta landing sahifa
  • 50 ta mahsulot (sklad)
  • Telegram bot (3 chat)
  • Asosiy hisobotlar
  • Email qo'llab-quvvatlash
Tez orada qo'shiladigan imkoniyatlar
Eksport
Mijozlar va sotuvlarni Excel/PDF ga eksport qilish
API kirish
Boshqa tizimlar bilan integratsiya
Avtomatik ogohlantirish
SMS va push xabarlar orqali eslatmalar

Ko'p beriladigan savollar

Boshqa savol bo'lsa, Telegram chatga yozing — javob beramiz.

30 kun davomida Pro tarifning barcha imkoniyatlari to'liq ochiq — mijozlar, operatorlar, landinglar, mahsulotlar, Telegram bot, hisobotlar va 24/7 yordam. Karta yoki to'lov ma'lumotlari talab qilinmaydi. Yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz, hisobingiz avtomatik to'xtatiladi.
30 kun tugagach, bizning tarif tanlash va to'lov qilishingizni so'raymiz. Agar to'lov qilmasangiz — hisobingiz to'xtatiladi, lekin ma'lumotlaringiz yo'qolmaydi. Keyinroq tarif tanlasangiz — hammasini qaytarish mumkin.
Yo'q, hech qanday karta yoki to'lov ma'lumotlari kerak emas. Faqat ism, telefon va email kiritasiz. 30 kun davomida tizimni bemalol sinab ko'rasiz, hech qanday avtomatik to'lov bo'lmaydi.
To'lov oyma-oy bo'ladi, istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin. To'lov usullari haqida batafsil ma'lumot ro'yxatdan o'tgandan so'ng beriladi. Yuridik shaxslar uchun shartnoma va schyot-fakturalar taqdim etiladi.
Ha, yillik to'lov qilsangiz 2 oy bepul beriladi (16% chegirma). Bu Starter uchun 158 000 so'm, Pro uchun 298 000 so'm tejash demakdir. Yillik to'lov rejimini hisob sozlamalardan tanlashingiz mumkin.
Albatta. Istalgan vaqtda Starter dan Pro ga o'tish (yoki teskari) mumkin. O'zgartirish darhol kuchga kiradi va keyingi to'lov siklidan boshlab yangi tarif amal qiladi.
Birinchi 14 kun ichida bekor qilsangiz, to'liq pul qaytariladi. 14 kundan keyin — qoldiq oylar uchun pul qaytarilmaydi, lekin tarif amal qilish muddati oxiriga qadar ishlatasiz.
Albatta. Bizda 6 dan ortiq tayyor shablonlar bor. Shunchaki mahsulot rasmi va matn qo'shasiz — 5 daqiqada landing tayyor. Dasturchi yoki dizayner kerak emas. Sahifa avtomatik mobil qurilmalarga moslashadi.
Yangi mijoz kelgach operator chatiga avtomatik xabar tushadi. Sotuv tasdiqlangan zahoti yetkazib beruvchi chatiga manzil va ma'lumotlar jo'natiladi. Siz har kuni 20:00 da kunlik xulosani Telegramda olasiz — daromad, sotuvlar va sklad holati.
Har bir mahsulotni nomi, narxi, rasmi va miqdori bilan kiritishingiz mumkin. Sotuv tasdiqlangan zahoti zaxira avtomatik kamayadi. Bekor qilinsa qaytariladi. Mahsulot tugayotganda yoki tugaganda Telegram orqali ogohlantirish keladi.
Daromad, konversiya foizi, eng ko'p sotilgan mahsulotlar, faol hududlar, operator samaradorligi, kunlik/haftalik/oylik dinamika. Bugundan to bir yilgacha — istalgan davr bo'yicha hisobot olish mumkin.
Ha, mavjud mijozlar va mahsulotlar bazasini Excel/CSV fayldan import qila olasiz. Maxsus shablon yuklab olib, ma'lumotlaringizni o'sha tartibda joylashtirib, tizimga yuklaysiz. Migration uchun yordam ham beriladi.
Hozircha asosiy kanal — Telegram bot. WhatsApp Business API va SMS ogohlantirish kelajakda qo'shilishi rejalashtirilmoqda. Pro tarif foydalanuvchilari yangi funksiyalarga birinchi bo'lib kirish huquqiga ega.
Ha. Barcha ma'lumotlar shifrlangan holda saqlanadi (HTTPS, AES-256). Har kuni avtomatik zaxira nusxa olinadi. O'zbekiston ma'lumotlar himoyasi qonuniga to'liq mos. Xodimlarimiz hech qachon shaxsiy ma'lumotlaringizni ko'ra olmaydi.
Aktiv mijozlar va sotuvlar doimo saqlanadi. Yopilgan yoki bekor qilingan leadlar ma'lum vaqtdan keyin avtomatik tozalanadi — bu tizim tezligi va ma'lumotlar xavfsizligi uchun qilinadi. Sizning bizes ma'lumotlaringiz va statistikangiz to'liq saqlanadi.
Bitta hisob — bitta do'kon yoki brend uchun. Agar sizda bir nechta brend bo'lsa, ularni alohida hisoblar bilan boshqarishingiz mumkin. Yoki Pro tarifda bir nechta landing sahifalar orqali bir hisobda turli mahsulot turlarini sotish mumkin.
Ha, har bir operatorga aniq ruxsatlar berasiz: faqat o'ziga biriktirilgan mijozlarni ko'rishi, mahsulotlarga kirish yoki cheklov, statistikani ko'rish-ko'rmasligi. Operator hisobini istalgan vaqtda o'chirish yoki vaqtinchalik bloklash mumkin.
Starter tarifda — email orqali ish kunlari 9:00-18:00 da yordam. Pro tarifda — Telegram orqali 24/7 tezkor yordam, o'rtacha javob vaqti 5 daqiqa. Murakkab muammolarda ekran ulashish (screen share) orqali ham yordam beriladi.
Pro tarifning maxsus bonusi — Instagram va Facebook target reklamani sozlash bo'yicha video kurs. Pixel sozlash, audience yaratish, byudjet boshqaruvi, A/B testlar va ko'plab amaliy bilimlar. Kurs hisobingiz orqali doimo ochiq, yangilanib boriladi.
Ha, ro'yxatdan o'tgandan so'ng tizim bo'yicha qisqa video qo'llanma yuboriladi. Pro tarif foydalanuvchilari uchun zoom orqali shaxsiy tanishtiruv ham mavjud — tajribali xodimimiz tizimning barcha imkoniyatlarini ko'rsatib beradi.

Bugundan boshlab mijozlaringizni boy bermang

30 kun bepul · Pro tarifning barcha imkoniyatlari · karta talab qilinmaydi